O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi boshlig'i
ABIDOV ZIYAVIDDIN NURIDDINOVICHNING virtual qabulxonasi

Sizda hal etilmagan masalalar/muommolar,ariza,shikoyat yoki takliflar bormi?
U holda murojatingizni to'g'ridan-to'g'ri O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi boshlig'i virtual qabulxonasi orqali yuborishingiz mumkin.

(99871) 244-87-53

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi boshlig'iga ariza, taklif va shikoyatlarni soat 9-00 dan 18-00 gacha (99871) 244-87-53 ishonch telefon raqamiga qo'ng'iroq qilgan holda yuborish ham mumkin

Qabul Formasi

Shakl ommaviy oferta bilan tanishilganligini tasdiqlagandan so'ng ishga tushadi!

Statistika

Murojaat xolatini tekshirish

Ommaviy Oferta

Ommaviy oferta

Sizga «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi» boshlig'iga bevosita elektron tarzda yo’llash imkoniyati taqdim etilmoqda. Shu bilan birga, Sizning yuborayotgan murojaatingiz rasmiy maqomga ega ekanligini ham eslatib qo’ymoqchimiz. Shu sababli, Sizdan quyidagilarni unutmasligingizni so’raymiz:

1. Jismoniy shaxs sifatida murojaat yo’llasangiz, familiyangiz (ismingiz otangizning ismi), yashash joyingiz haqida ma’lumot hamda murojaatingiz mohiyati bayon etilgan bo’lishi shart. Yuridik shaxs sifatida murojaat yo’llasangiz yuridik shaxsning to’liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilishi talab etiladi.

2. E’tibor bering! Tuhmat, haqorat so’zlar va yolg’on xabar beruvchi murojaatlarni taqdim etish mumkin emas.

3. Shuningdek, quyidagi holatlarda murojaatlaringiz ko’rib chiqishni rad etish mumkinligini eslatib o’tamiz: odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (bem'ani yohud haqoratli iboralar, tahdidlar mantiq va ma’nosi bo’lmagan takliflar va shunga o’xshash murojaatlar); murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar yoki reklama materiallari mavjud bo’lgan tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar bo’lmagan murojaatlar.

4. Shuningdek, foydalanuvchining bir necha bor bitta masala bo’yicha javob berilmagan murojaatini qayta yuborilganda agar unda yangi vajlar yoki holatlar keltirilmagan bo’lsa murojaat qayta ko’rib chiqilmaydi. Mazkur shartlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidan kelib chiqib o’rnatilgan.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Davlat don inspeksiyasi boshlig'i
ABIDOV ZIYAVIDDIN NURIDDINOVICHNING
virtual qabulxonasi

© 2016 DHD ICT Solutions